Batafsil
28 nafar faol xotin-qiz eʼtirof etildi
March 14, 2022
Bugun, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligida tizimda faoliyat yuritayotgan 28 nafar eng faol, fidoiy Xotin-qizlar maslahat kengashlari raisi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining “Faxriy yorligʼi” hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.
Tadbirni ochib bergan vazirning birinchi oʼrinbosari Komiljon Karimov soha rivojida ayol hamkasblarning oʼrni beqiyosligi, yil sayin ularning soni va salmogʼi oshib borayotganligini taʼkidladi.
Qayd etilganidek, vazirlik tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning 41 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Shuningdek, ayni paytda tizimda xotin-qizlar orasida 698 nafar fan doktori (DSc), 3599 nafar falsafa doktori (PhD) faoliyat olib bormoqda.