Navroʼz bayrami uchun chegirmalar eʼlon qilindi


March 14, 2022

blog-details-img
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navroʼz bayrami munosabati bilan 2022-yil 19-20-21-22-23-mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yoʼnalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika boʼylab quyidagi chegirmalar joriy qilindi. 1. “Uzbekistan Airways” АJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma joriy qilindi. 2. “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun: - oliy oʼquv yurtlari talabalari, maktab oʼquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus taʼlim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz; - kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz; - «Аfrosiyob» tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yoʼlovchilar uchun - 10 foiz chegirmalar joriy qilindi.