Batafsil
Oliy ta`lim tizimida raqamlashtirilgan loyihalar taqdimot qilindi
April 01, 2022
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Elektron ta`lim markazi direktori
Alisher Abdullaev “Raqamli Toshkent” vaziyatlar markazida mahalliy hokimliklar vakillari uchun Oliy ta`lim tizimini raqamlashtirish bo`yicha vazirlik tomonidan amalga oshirilgan loyihalar to`g`risida taqdimot qildi.
Taqdimotda:
• “Oliy ta`lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimini joriy etish va rivojlantirish;
• QR kodli to`lov-shartnoma va diplomni shakllantirish;
• Axborot tizimlarini joriy etish natijasida erishilgan iqtisodiy samaradorlik;
• 2021 yilda joriy etilgan axborot tizimlari;
• 2022 yilda joriy etilishi rejalashtirilgan loyihalar to`g`risida batafsil ma`lumot berildi.
Bizni kuzatib boring