Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi


July 13, 2022

blog-details-img
Respublikadagi davlat oliy ta`lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot bo`yicha o`qitishga nomzodlardan arizalar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz  platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
-o`zining pasport ma`lumotlari, JSHSHIR ma`lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
-diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
-hamda o`qish istagini bildirgan oliy ta`lim muassasasi va ta`lim yo`nalishini tanlaydilar.


Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o`tkazilgan bo`lishi lozim.


Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot bo`yicha o`qitish to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.


Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.