Batafsil
Vazirlik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda imtihonlarni nazorat qiladi
July 30, 2022
Xabar berganimizdek, joriy yil 1–10-avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan ta`lim yo`nalishlari bo`yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo`lib o`tadi.
2022/2023-o`quv yili bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish uchun ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli o`tkazish maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, ilk bor imtihon bo`ladigan bino va maydonlarda o`rganishlar olib borish uchun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o`rtasida qo`shma bayonot imzolandi.
Unga ko`ra Vazirlik va Agentlik mas`ul xodimlari tomonidan jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi, jonli efirga uzatilishi to`liq nazorat qilinadi.
Siz imtihonda korrupsiyaviy yoki jonli efirga uzatish tartibiga rioya etilmaslik holatlariga duch kelsangiz vazirlikning telegramdagi @EduAntiCorruptionBot ga yoki 1006 Ishonch raqami orqali murojaat qilishingiz so`raladi.