Qonunchilik yangiliklari


August 10, 2022

blog-details-img

Prezident tomonidan “Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–788-son, 08.08.2022-y.) imzolandi.

 Qonun 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat bo`lib, vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlandi.

Mazkur qonun davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog`liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.

Qonunga ko`ra:

Davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug`ullanishi, ularning muassisi bo`lishi, O`zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda ko`chmas mulk olishi taqiqlanadi.

Davlat xizmachisi daromadlari va mol-mulki to`g`risida deklaratsiya berishi kerak.

Davlat xizmatchilari uchun 5 kunlik ish haftasi va haftasiga 40 soatdan oshmaydigan ish davomiyligi belgilanadi.

Davlat xizmatchilariga 27 kundan kam bo`lmagan yillik asosiy ta`til beriladi.