Ikkinchi oliy ta’limga qabul bo`yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun ham so`nggi imkoniyat


August 22, 2022

blog-details-img
2022/2023-o`quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga  ikkinchi oliy ta’limga qabul bo`yicha vazirlikning ikkinchitalim.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro`yxatdan o`tgan fuqarolarning arizalari ko`rib chiqildi. 


Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko`ra rad etildi.


Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 23-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so`nggi imkoniyat beriladi. 


Ushbu muddatdan so`ng tahrirlashga yo`l qo`yilmaydi va kamchiliklar  bartaraf etilmagan arizalar ko`rib chiqilmaydi. 


Ro`yxatdan o`tgan barcha talabalardan o`zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko`rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so`raladi.