Batafsil
Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish va ijara uylari bilan taminlash tizimi to`liq raqamlashtirildi
August 31, 2022
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov rahbarligida birinchi va moliya-iqtisod ishlari bo`yicha prorektorlar ishtirokida bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishda oliy ta`lim muassasalarining yangi o`quv yiliga tayyorgarlik holati tahlil qilindi.
Shundan so`ng talabalarni yotoqxonaga joylashtirishning elektron tizimi (ttj.edu.uz) hamda talabalarni ijara uylari bilan ta`minlashga ko`maklashish maqsadida yagona elektron platforma (ijara.edu.uz) ishga tushirilganligi e`lon qilindi. Ushbu axborot tizimlarining ishlash mexanizmi, jumladan, imkoniyati va afzalliklari haqida ma`lumot berilib, platformalarning taqdimoti o`tkazildi.
Keyingi masala “Mustaqillik darslari” va “Axborot va murabbiylik” soatini sifatli va yuqori saviyada tashkil etish bo`ldi.
O`tgan o`quv yili mobaynida o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda talabalarning qamrov darajasi qoniqarsizligi to`xtalinib, bitta tadbirda 10 minglik kontingentdan oshib borsa, 200 nafar, ya`ni bor-yo`g`i 2 foiz talaba qatnashgani tanqid qilindi.
Shu bois, 2022/2023-o`quv yili boshidan “Axborot va murabbiylik soatlari”ni samarali tashkil etish yuzasidan yangi tizim joriy etilishi, bu orqali ushbu masalaga jiddiy e`tibor qaratilishi ta`kidlandi.