Tayanch doktorantlar uchun Prezident stipendiyalariga hujjatlar qabul qilinmoqda


October 18, 2022

blog-details-img
Hukumatning tegishli qarori ga muvofiq, 2023-yil uchun davlat OTMlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tahsil olayotgan II bosqich tayanch doktorantlardan (PhD) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar 2022-yilning 31-oktabr kuniga qadar maxsus elektron platforma — https://stipendiya.edu.uz/ orqali qabul qilinmoqda.

Tanlov yo`nalishlari:
1. Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota);
2. Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota);
3. Texnika va texnologiya (2 ta kvota);
4. Sog’liqni saqlash (1 ta kvota);
5. Qishloq xo`jaligi (1 ta kvota).

Murojaatlar uchun maxsus telegram kanal manzili:https://t.me/+6HbJL2OFPEBkMjAy