Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi bo`yicha tanlov e`lon qiladi


November 09, 2022

blog-details-img

Tanlovdan ko`zlangan maqsad - oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslarida o`qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik kadrlar zaxirasiga kiritish.

Tanlov ikki bosqichda: test va suhbat asosida tashkil etiladi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligida stajirovka o`taydi, stajirovkani namunali yakunlagan yosh mutaxassislar kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Talabgorlardan hujjatlar @yosh_mutaxassislarni_tanlash_bot orqali joril yil 9-noyabrdan 19-noyabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.