Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi raqamlashtirish sohasida vazirliklar orasida 2-o`rinda


November 11, 2022

blog-details-img
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi raqamlashtirish sohasida 2021-yilga nisbatan 16 pog`onaga yuqorilab, vazirliklar orasida 2-o`rinda

Davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarining amalga oshirilishini reytingli baholash tizimi (NIS.UZ)ning 2022-yil 2-chorak natijalari e`lon qilindi.

Baholash natijasiga ko`ra, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi vazirliklar orasida 2-o`rinni, davlat boshqaruvi organlari orasida esa 4-o`rinni qayd etib, “yashil” ro`yxatga kiritildi.

Bu esa oliy ta`lim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish, bunda ta`lim jarayonlarida korrupsiyagen holatlar oldini olish, inson omilining har qanday aralashuviga chek qo`yish, turli hujjatlar tayyorlashning qog`oz shaklidan butkul voz kechish borasida samarali ishlar qilinganidan darak.