Yangiliklar
Akademik litseylarga kirish test natijalari e`lon qilinmoqda
2022/2023-o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) e`lon qilindi.Yakuniy natijalarni vazirlikning litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti orqali bilishingiz mumkin.Abituriyent to`plagan bali asosida ustuvorlik bo`yicha tanlagan akademik litseyga o`qishga qabul qilinadi. Abituriyentning to`plagan bali ustuvorlik asosida:➖ u tanlagan birinchi akademik litseyning yo`nalishi bo`yicha o`qishga qabul qilishga yetarli bo`lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo`nalishida e’lon qilinadi. ❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo`nalishi bo`yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;➖ u tanlagan birinchi akademik litsey yo`nalishi bo`yicha o`qishga qabul qilishga yetarli bo`lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo`nalishi bo`yicha o`qishga qabul qilishga yetarli bo`lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo`nalishida e’lon qilinadi. ❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo`nalishi bo`yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;➖ u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo`nalishi bo`yicha o`qishga qabul qilishga yetarli bo`lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo`nalishi bo`yicha o`qishga qabul qilishga yetarli bo`lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo`nalishida e’lon qilinadi;➖ u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo`nalishi bo`yicha o`qishga qabul qilishga yetarli bo`lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo`nalishida e’lon qilinadi.
Magistratura qabul natijalari e`lon qilinmoqda
2022/2023-o`quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo`yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro`yxatdan o`tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to`liq ko`rib chiqildi.Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.Shundan:- xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta; 637 ta talabgor esa tanlovda ishtirok etmasdan imtiyozga ega bo`lganlar. Bular: - davlat stipendiantlari — 296 ta;- kimyo, biologiya va informatika yo`nalishlari bo`yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;- kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g`oliblari — 12 ta; - ko`zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o`qigan bitiruvchilar — 170 ta.Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
Ikkinchi oliy ta’limga qabul bo`yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun ham so`nggi imkoniyat
2022/2023-o`quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi oliy ta’limga qabul bo`yicha vazirlikning ikkinchitalim.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro`yxatdan o`tgan fuqarolarning arizalari ko`rib chiqildi. Ammo ayrim arizalar ma’lum bir sabablarga ko`ra rad etildi.Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 23-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so`nggi imkoniyat beriladi. Ushbu muddatdan so`ng tahrirlashga yo`l qo`yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko`rib chiqilmaydi. Ro`yxatdan o`tgan barcha talabalardan o`zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko`rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so`raladi.
Akademik litseylarga hujjat topshirgan o`quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!
Xabar berganimizdek, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o`tkaziladi.Test sinovlari bir smenada o`tkazilib, soat 8:00 boshlanadi.Akademik litseylarda 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tgan o`quvchilar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:➖litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o`zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;➖yoki hujjat topshirgan akademik litseydan ham bevosita borib olishlari mumkin.Test sinovlari ta’lim yo`nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo`yicha o`tkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig`i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to`ldirish bilan birga 110 daqiqa vaqt ajratiladi.Test sinovlarida to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball – 146 ball bo`lib, ta’lim yo`nalishiga mos fanlar bo`yicha har bir to`g`ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo`yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.Talabgorlardan test sinovi o`tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so`raladi.
Qonunchilik yangiliklari
Prezident tomonidan “Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–788-son, 08.08.2022-y.) imzolandi. Qonun 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat bo`lib, vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlandi.Mazkur qonun davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog`liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.Qonunga ko`ra:Davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug`ullanishi, ularning muassisi bo`lishi, O`zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda ko`chmas mulk olishi taqiqlanadi.Davlat xizmachisi daromadlari va mol-mulki to`g`risida deklaratsiya berishi kerak.Davlat xizmatchilari uchun 5 kunlik ish haftasi va haftasiga 40 soatdan oshmaydigan ish davomiyligi belgilanadi.Davlat xizmatchilariga 27 kundan kam bo`lmagan yillik asosiy ta`til beriladi.
O`qishni (ichki) ko`chirish bo`yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berildi
Xabaringiz bor, kuni kecha xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlariaro o`qishni ko`chirish bo`yicha arizalar qabuli yakunlandi.Arizalarni ko`rib chiqish natijasiga asosan ko`plab murojaatlar tegishli hujjatlar to`liq yuklanmagani, so`ralgan hujjat o`rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo`lmagan yo`nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko`ra rad etilgan.Shuni inobatga olib, 5-avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o`qishni ko`chirish bo`yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustga qadar arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Vazirlik Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda imtihonlarni nazorat qiladi
Xabar berganimizdek, joriy yil 1–10-avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan ta`lim yo`nalishlari bo`yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo`lib o`tadi. 2022/2023-o`quv yili bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish uchun ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli o`tkazish maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.Shuningdek, ilk bor imtihon bo`ladigan bino va maydonlarda o`rganishlar olib borish uchun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o`rtasida qo`shma bayonot imzolandi.Unga ko`ra Vazirlik va Agentlik mas`ul xodimlari tomonidan jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi, jonli efirga uzatilishi to`liq nazorat qilinadi. Siz imtihonda korrupsiyaviy yoki jonli efirga uzatish tartibiga rioya etilmaslik holatlariga duch kelsangiz vazirlikning telegramdagi @EduAntiCorruptionBot ga yoki 1006 Ishonch raqami orqali murojaat qilishingiz so`raladi.
Oliy ta`lim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishlab chiqildi
Endilikda talabalar o`quv jarayoniga tegishli bo`lgan: - reyting daftarchasi; - transkript; - o`zlashtirish ko`rsatkichlari; - nazorat jadvallari; - fanlarning elektron resurslari kabi ma`lumotlarni mazkur mobil ilova orqali olishlari mumkin. Shuningdek, mobil ilovada joriy yil bitiruvchilari uchun QR-kodli diplom ma`lumotlarini (fayli) yuklab olish imkoniyati mavjud.Ilovani quyidagi linklar orqali yuklab olishingiz mumkin:AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphoneGooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US
Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi
Respublikadagi davlat oliy ta`lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot bo`yicha o`qitishga nomzodlardan arizalar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.▪️Bunda nomzodlar platformada:-o`zining pasport ma`lumotlari, JSHSHIR ma`lumoti haqida axborotlarni kiritadi;-diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;-hamda o`qish istagini bildirgan oliy ta`lim muassasasi va ta`lim yo`nalishini tanlaydilar.Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o`tkazilgan bo`lishi lozim.Ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot bo`yicha o`qitish to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.