Yangiliklar
OʻZBEKISTON XALQ SHOIRI ZULFIYA ISROILOVA 1915-YILNING 1-MARTIDA TOSHKENT SHAHRIDA TUGʻILGAN
Bahor seni izlab, kezdi sarsari...
Shoira mehnat faoliyatini juda erta boshlagan. U 1935-1938-yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948-yillarda “Bolalar” nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti boʻlim mudiri, 1953-yilgacha “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri, 1953-yildan to 1980-yilga qadar salkam oʻttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.
Afsonaviy oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush oʻrtogʻi, hassos sheʼriyati bilan millionlab chin soʻz sehriga shaydo qalblarni maftun etgan shoira 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.
Turmush sinovlari va adabiyot osmonida kechgan shoiraning hayot yoʻli kelgusi avlodlar uchun chinakam sadoqat va vafo timsoli boʻlib qolaveradi.
Ma'lumot o‘rnida, 1999-yil 10-iyunda “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti” ta'sis etilgan.
Eng ko`p berilayotgan savollarga help.edu.uz platformasi orqali javob oling
Eng ko`p berilayotgan savollarga help.edu.uz platformasi orqali javob oling
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi Elektron ta’lim markazi tomonidan help.edu.uz platformasi ishga tushirildi.
Ushbu platforma Oliy, o`rta maxsus va professional ta’lim tizimiga oid eng ko`p savollarga oson javob olish imkoniyatini beradi.
Endilikda o`zingizni qiziqtirgan savollarga help.edu.uz platformasi orqali oson va qulay javob topishingiz mumkin.
Savollar vazirlikning 1006 ishonch telefoni va Call-markaz (71-203-64-64) orqali hamda fuqarolar tomonidan yuborilgan onlayn murojaatlar asosida doimiy ravishda boyitib boriladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz
EDU.UZ saytining mobil ilovasi ishga tushirildi
Elektron ta`lim markazi tomonidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi rasmiy veb-saytining o`z o`quvchilariga yangiliklarni kuzatib borishni qulaylashtirish maqsadida saytning “Android” tizimidagi smartfonlarga mo`ljallangan “Edu.uz mobile” ilovasini ishga tushirdi.
Unda vazirlik faoliyati oliy, o`rta maxsus hamda professional ta`lim tizimiga doir so`nggi yangiliklardan tezkor xabardor bo`lish mumkin bo`ladi.
Shuningdek, ilova orqali foydalanuvchilar uchun oliy, o`rta maxsus hamda professional ta`lim muassasalari haqidagi video hamda foto ma`lumotlarni oson ko`rish, interaktiv xizmatlardan samarali foydalanish imkoniyati yaratildi.
Ilovani play.google.com manzilidan ko`chirib olishingiz mumkin.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz
Nomdor davlat stipendiyalariga onlayn hujjat topshirish portali ishga tushirildi.
Nomdor davlat stipendiyalariga onlayn hujjat topshirish portali ishga tushirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Elektron ta’lim markazi tomonidan nomdor davlat stipendiyalariga onlayn hujjat topshirish www.stipendiya.edu.uz portali ishlab chiqildi.
Ushbu portalda bakalavriat va magistratura talabalari uchun Prezident va nomdor davlat stipendiyalari haqida ma’lumotlar va ularga qo‘yilgan talablar batafsil keltirib o'tilgan.
Nomzod talaba www.stipendiya.edu.uz saytidan ro‘yhatdan o‘tadi va onlayn ariza topshiradi.
Ushbu platforma Oliy ta'lim tizimidagi Nomdor davlat stipendiyalariga hujjat topshirishda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlaydi.
Platformadan quyidagi www.stipendiya.edu.uz manzil orqali foydalanishingiz mumkin.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz
Doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun nomdor davlat stipendiyalariga onlayn hujjat topshirish portali ishga tushirildi.
Doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun nomdor davlat stipendiyalariga onlayn hujjat topshirish portali ishga tushirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Elektron ta’lim markazi tomonidan nomdor davlat stipendiyalariga doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun onlayn hujjat topshirish www.doktorantura.edu.uz portali ishlab chiqildi.
Ushbu portalda doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilar uchun Prezident va nomdor davlat stipendiyalari haqida ma’lumotlar va ularga qo‘yilgan talablar batafsil keltirib o'tilgan.
Nomzod www.doktorantura.edu.uz saytidan ro‘yhatdan o‘tadi va onlayn ariza topshiradi.
Ushbu platforma Oliy ta'lim tizimidagi Nomdor davlat stipendiyalariga hujjat topshirishda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlaydi.
Platformadan quyidagi www.doktorantura.edu.uz manzil orqali foydalanishingiz mumkin.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz